Kevin de Bryuynedan voz kechishdi

Kevin de Bryuynedan voz kechishdi

“Manchester Siti” muvaffaqiyatlarida katta rol o‘ynab kelgan pleymeyker Kevin de Bryuyne bundan keyin jamoaga kerak bo‘lmay qolgan ko‘rinadi.

Belgiyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.

Transfer News Live nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” mutasaddilari 32 yoshli futbolchini jamoada olib qolish uchun harakat qilmaydi. Klub xo‘jayinlari Kevinga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas.

Kevin de Bryuyni manchesterliklar safida 2015 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Hozirgacha 382 ta uchrashuvda qatnashgan yarim himoyachi 102 ta gol va 170 ta assist muallifi bo‘lgan.

Transfer mutaxassislari Kevin de Bryuyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirib, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishni rejalashtirayotganini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!