Joriy yilning 5 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi labaratoriyasida mahalliy va xorijlik mutaxassislar hamkorligida “Mo‘yi muborak” muzeyida saqlanayotgan “Katta Langar Qur’oni” sahifalarini ta’mirlash ishlarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Ushbu jarayon bilan tanishish va nazorat qilish uchun o‘zbek-fransuz qo‘shma ilmiy kengashining a’zolari: Fransiyaning Luvr muzeyi Islom san’ati departamenti direktori Yanik Lins, Fransiya Milliy kutubxonasi sobiq rahbari Fransis Rishar, arxeologlar Rokko Rantye va Frans Grane hamda O‘zR FA San’atshunoslik instituti direktori Shokir Pidayev labaratoriyada bo‘lishdi.
Ushbu qadimiy Qur’oni karim sahifalarini ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichi 2019 yil 7-11 noyabr kunlari yakunlangan edi.
Shu kunlarda bo‘layotgan ta’mirlash ishlarining navbatdagi bosqichini fransiyalik mutaxassislar Aksel Delo, Aurelya Streri, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Ishmatova, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimi Shuxratulloh Po‘latov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Kamoliddin Mahkamov va Saidrahmat Ikramov amalga oshirmoqda.
Ushbu ta’mir ishlari Yurtboshimizning 2017 yil 24 mayda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 21 sentyabrdagi topshirig‘i asosida Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan “Katta Langar Qur’oni” sahifalarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mahalliy mutaxassislar xorijning ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda, sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etildi, xorijning malakali ekspertlari yurtimizga taklif etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanayotgan VIII asrga oid Islom olamidagi eng qadim tarixga ega Mushaf qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan “Katta Langar Qur’oni” sahifalari Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Langar ota” masjidida uzoq saqlangani uchun shu nomni olgan. U XIX asrda muqovalangan.
Yurtimizda “Katta Langar Qur’oni”ning 16 ta sahifasi bor. Ularning bir sahifasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari institutida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasi va Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida, 13 sahifasi O‘zbekiston musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.
“Katta Langar Qur’oni”ning yurtimizga qanday kelib qolgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ilmiy tadqiqotlar xulosasiga asosan nodir qo‘lyozma VIII asrning oxirgi choragida – arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrda yozilgan. Taxminlarga ko‘ra, “Katta Langar Qur’oni”ning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Hozirda ularning faqatgina 97 sahifasi saqlanib qolgan bo‘lib, ularning 81 tasi Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi.
Manba: muslim. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.