Kaluga shahrida o‘zbekistonlik yigit qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ydi

Kaluga shahrida o‘zbekistonlik yigit qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ydi

Kalugada o‘z qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ygan o‘zbekistonlik javobgarlikka tortildi.

O‘z qurbonini bolta, dazmol, qaychi bilan qiynoqqa solgan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qasddan odam o‘ldirish jinoyati bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda Vesti.ru.

53 yoshli Obninskiy bilan 4 yilga yaqin yonma-yon yashagan o‘zbekistonlik u bilan birga ichishni yaxshi ko‘rgan. Avgust kunlarining birida o‘zbekistonlik uni bolta bilan ura boshlaganida uyg‘onib ketgan. Hamyurtimiz qo‘shnisiga qarshi hujum qilgan va qo‘lidan tushib ketgan boltani olib, qo‘shnisiga tashlanadi. Sudlanuvchi avval bolta bilan boshiga uradi, keyin qo‘liga pichoq olib, raqibiga 40 martacha tanasining turli qismlariga zarba beradi. Shundan so‘ng, dazmolni olib, qurbonining bir necha marta kuydiradi.

Sudlanuvchi o‘zining bu harakatlari bilan jabrlanuvchiga ko‘plab miqdorda chopish-kesish jarohatlari, kuchli qon ketishi, suyak sinishi va kuchli jismoniy og‘riqqa sabab bo‘luvchi 2-3 darajali kuyish jarohatlari yetkazadi va oqibatda u Obninsk shahri kasalxonasida vafot etadi. Prokuror tomonidan taqdim etilgan dalillarni o‘rganish natijasida sud uni ko‘rsatilgan jinoyatlarda aybdor deb topdi, - deb xabar berdi Kaluga viloyat prokurori yordamchisi Iskrina Lepekhina.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!