JSST koronavirus pandemiyasi haqida tarqalayotgan yolg‘on xabarlarning xavfi to‘g‘risida ogohlantirdi

JSST koronavirus pandemiyasi haqida tarqalayotgan yolg‘on xabarlarning xavfi to‘g‘risida ogohlantirdi

COVID-19 pandemiyasi haqidagi yolg‘on xabarlar kasallikning o‘zichalik xavf tug‘diradi. Sababi, odamlar yolg‘on ma’lumotlarga ishonib o‘zboshimchalik bilan davolanishni boshlaydi va o‘zlariga zarar yetkazadi. Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreysus ogohlantirdi.

“Koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalishi bilan u haqda yolg‘on xabarlar, mish-mishlar, yolg‘on ma’lumot va dezinformasiyalar avjiga chiqdi. Noto‘g‘ri ma’lumotlar stigmatizasiyani kuchaytirdi. Bu holat muhtojlarga yordam ko‘rsatilishiga to‘siq bo‘lmoqda”, deb ta’kidladi u.

Bundan tashqari, JSST rahbari koronavirus to‘g‘risida mish-mish va isbotlanmagan ma’lumotlar tarqatmaslikka chaqirdi. Bu holat tibbiyot xodimlariga, alohida shaxslarga yoki aholining zaif guruhlariga, masalan, qochoqlarga nisbatan shafqatsizlik qo‘llanilishiga olib kelganini alohida ta’kidladi. Gebreysus, odamlar o‘zboshimchalik bilan davolanmasligi shart ekanini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!