Jonson bosh vazirlik uchun kurashish uchun Dominikan Respublikasidan Britaniyaga ekonom klassda uchdi

Jonson bosh vazirlik uchun kurashish uchun Dominikan Respublikasidan Britaniyaga ekonom klassda uchdi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson hukumat rahbari lavozimiga yana bellashish uchun oilasi bilan Dominikan Respublikasidan Britaniyaga ekonom klassda uchib ketdi, deb yozadi Sky News.

“Janob Jonson va uning oilasi hammadan oldin samolyotga chiqishdi va bizning amerikalik muxbirimiz Mark Stounning so‘zlariga ko‘ra, bu “aralash reaksiya"ga sabab bo‘ldi. Jonson ekonom-klassda, samolyot orqasida, rafiqasi va bolalari bilan o‘tiribdi”, - deyiladi telekanal xabarida.

Jonson so‘nggi ikki hafta davomida Dominikan Respublikasida bo‘lgani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!