Jazoirda 33 nafar siyosiy mahbus ozodlikka chiqarildi

Jazoirda 33 nafar siyosiy mahbus ozodlikka chiqarildi

Jazoirda 33 nafar siyosiy mahbus ozodlikka chiqarildi, ular ikki yil avval mamlakatda boshlangan norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun qamalgan edi. 

Ozodlikka chiqqanlar orasida taniqli muxolifatchi va jurnalist Xolid Drarani ham bor. “Jazoirda va xorijda biz bilan birdam bo‘lganlarga, bizning ozod va mustaqil jurnalistlar o‘laroq kurashimizni qo‘llab-quvvatlaganlarga  minnatdorchilik bildiraman. Biz hamma mahbuslar qo‘yib yuborilgandan keyingina ozod bo‘lgan bo‘lamiz”, – dedi u. 

Xabarlarga qaraganda, tez orada yana o‘nlab siyosiy mahbus qo‘yib yuboriladi. Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbunning aytishicha, mamlakatdagi vaziyatni tinchlantirish uchun ana shunday yo‘l tutilmoqda. Shuningdek, u hukumat tarkibida o‘zgarishlarni amalga oshirdi va parlamentni tarqatib yubordi. 

Bir necha kun avval mamlakat shimolidagi Harrata shahrida yirik miting bo‘lib o‘tdi. U sobiq prezident Abdulaziz Buteflikaning iste’fosiga sabab bo‘lgan ommaviy namoyishlarning ikki yilligiga bag‘ishlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!