Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi Matbuot kotibi tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi Matbuot kotibi tayinlandi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari — matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi.

Uzoq yillar davomida davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Mahmudxo‘jayev Furqat Siddiqxo‘jayevich ushbu lavozimda ish boshladi.

Furqat Mahmudxo‘jayev 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universiteti tugatgan.

2018 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!