Isroil Mudofaa vazirligi rahbari AQSh bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish va G‘azo uchun urushdan keyingi reja bo‘yicha kelishib oldi

Isroil Mudofaa vazirligi rahbari AQSh bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish va G‘azo uchun urushdan keyingi reja bo‘yicha kelishib oldi

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galantning AQShga tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi va asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib yozmoqda. Gazetaning yozishicha, Galant Isroilga qurol yetkazib berish jadvalidagi barcha masalalarni bosh vazir Benyamin Netanyaxu ishtirokisiz hal qila olgan.

Bundan tashqari, Galant Oq uyga G‘azo sektorida urushdan keyingi tartibga solish rejasini taqdim etdi. Reja sektorni 24 ma’muriy tumanga bo‘lish va AQSh shafeligida uni nazorat qiladigan xalqaro arab koalisiyasini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, «Hamas» terrorchilik guruhi AQShning o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish haqidagi taklifini rad etishda davom etsa ham, bu reja amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!