ISHIDning jallodi Yevropada qo‘lga olindi

ISHIDning jallodi Yevropada qo‘lga olindi

Vengriyada ISHID terrorchilik guruhining o‘lim jazosini ijro etuvchi vakili qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Huquq-tartibot organi ma’lumotiga ko‘ra, suriyalik erkak 2016 yilda ISHIDga a’zo bo‘lgan. Bundan tashqari, erkak Suriyaning Homs shahridagi ommaviy qatlda ishtirok etishda ayblanyapti. Hibsga olingan terrorchi 20 nafar tinch aholini o‘ldirilishiga ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Erkak o‘tgan yilning 30 dekabr kuni Budapesht aeroportida qalbaki hujjatlar sabab qo‘lga olingan. Uni yashash ruxsatnomasi bo‘lgan davlat Gresiyaga deport qilishga tayyorlashgan. Biroq keyinroq Vengriya hukumati Belgiya bilan hamkorlikda uning ISHID bilan aloqalarini o‘rgangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!