«Inter» Milan derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Inter» Milan derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi

 

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 23-turida 21 fevral, yakshanba kuni «Milan» va «Inter» o‘zaro to‘qnash keldi.

Bellashuv «Inter»ning ustunligida o‘tdi. Bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Lautaro Martines hisobni ochdi va uning o‘zi 57-daqiqada dubl qayd etdi. Ikkinchi goldan 9 daqiqa o‘tib, Romelu Lukaku hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi — 0:3.

23-turdan keyin Antonio Konte shogirdlari 53 ochko, «Milan» esa 49 ochko jamg‘argan. Milan klublari 1 va 2-o‘rinlarni band qilib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!