Ilk marotaba O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari Kanada va AQShga eksport qilindi

Ilk marotaba O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari Kanada va AQShga eksport qilindi

Ilk marotaba O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari Kanada va AQShga eksport qilindi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov ma’lum qildi.

Elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan 2024 yil
1-chorak yakunlari bilan ishlab chiqarish hajmi – 5,1 trln. so‘mni, eksport hajmi esa 243,2 mln dollarni tashkil etdi.

Bunda 72 ta mamlakatga 98 ta eksportchi korxona tomonidan
200 dan ortiq mahsulot eksport qilindi. Eng ahamiyatlisi,
16 ta yangi korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini xorijga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Italiya va Hindiston davlatlariga kabel-sim va mis quvurlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy brendlarni jalb qilish yo‘nalishida esa Yaponiyaning JVC (Kenwood), Xitoyning “TCL” savdo belgisi ostida maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 830 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Yil yakunigacha hududlarda jami qiymati 485 mln dollarlik 85 ta yangi loyiha ishga tushiriladi. Buning natijasida 4395 ta yangi ish joyi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!