Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi

Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi

O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan podpolkovnik Nuriddin Bahriddinovich Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019 yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan edi. 

Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi lavozimlardan o‘tgan. Shuningdek, Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ham xizmat qilgan.

Shuningdek, mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, 2017 yilning oktyabr oyidan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Ulug‘bek Begmatovich Dusmatov tayinlandi.

Ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosarlari o‘zgardi

Polkovnik Ulug‘bek Dusmatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil olgan. Ofiserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini Nukus garnizonidan boshlagan. Vazirlik qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organining turli lavozimlaridan o‘tgan. Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!