Hukumat qarori: endi "shovqinsiz tungi klublar" quriladi

Hukumat qarori: endi "shovqinsiz tungi klublar" quriladi

Berlin hukumati ovoz o‘tkazmaydigan devordan iborat tungi klublar qurilishi uchun sarmoya ajratmoqda. Ushbu loyihaga 1 mln yevro mablag‘ ajratilgan.

Mazkur loyiha Berlin tungi klub madaniyatini ( techno mecca ) saqlab qolish uchun amalga oshirilmoqda, deb yozadi turon24 .

Loyihaga ajratilgan davlat grantlari 50 ming yevrodan oshmasligi, favqulodda ahamiyatga ega loyiha uchun esa 100 ming yevrogacha mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shuningdek, qayta ta’mirlanadigan klublar uchun umumiy grantning 10-20% qismini tashkil etadigan miqdordagi mablag‘ ajratilishi aytib o‘tilgan.

2018 yilning 30 noyabr kuni bildirilgan ushbu taklif Berlinning tungi madaniy hayot tarziga, shuningdek, shahar iqtisodiyoti va turistik sohasiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi , deya baholangan.

Senator Ramona Pop Berlin tungi klubi madaniyati shaharning o‘ziga xos obrazini tashkil etadi , deb ta’kidlagan.

2019 yilning fevral, may va sentyabr oylarida moliyalashtirishga munosib deb topiladigan o‘rinlarni belgilash uchun uchrashuvlar olib borilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida binoda shovqinni kamaytirish choralarini ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.

2011 yildan hozirgacha Berlinning 170 ga yaqin tungi klubi ko‘p shovqin keltirib chiqarganligi tufayli mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘lib yopilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!