Hukumat musulmonlar uchun “masjid solig‘i”ni joriy etmoqchi

Hukumat musulmonlar uchun “masjid solig‘i”ni joriy etmoqchi

Germaniyaning federal yerlari hukumatlari masjidlarning faoliyatiga xorijiy aralashuv ning oldini olish maqsadida masjid solig‘i ni joriy etish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda azon.uz tarqatdi.

Mahalliy hukumatlar masjidlarning faoliyatini musulmonlarning o‘zlari ta’minlashi zarur degan fikrda. Buni amalga oshirishning yo‘llaridan biri cherkov solig‘i ga o‘xshash soliqni joriy etish. Bu Germaniyadagi masjidlarning boshqa mamlakatlarning ta’siridan himoya qilishi kutilmoqda. Masalan, Germaniyadagi 900 dan ziyod masjid Turk-Islom ittifoqiga (DITIB) qarashli bo‘lib, u o‘z navbatida Turkiyaning Din ishlari boshqarmasi bilan yaqindan aloqada.

Germaniyada biror cherkov yoki diniy jamoaga mansublar daromadining 8-9 foizini cherkov solig‘i sifatida to‘laydi. Ateistlar, ishsizlar, kam ta’minlanganlar, talabalar va pensionerlar bu soliqdan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!