Hujjatimni nostrifikasiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?

Hujjatimni nostrifikasiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?

Nostrifikasiya qildirishning 2 xil usuli mavjud:

1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali onlayn tarzda o‘zingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda ma’lumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor bo‘ladi.
Bu uchun:

Portalga (https://my.gov.uz/oz) kirasiz.
Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID bo‘lsa) tizimga kirasiz. OneID bo‘lmasa, ro‘yxatdan o‘tasiz.
Keyin portaldagi xizmatlar ro‘yxatidan Ta’lim bo‘limi tanlaysiz.
Diplomni nostrifikasiyalash bo‘limiga kirasiz.
Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli ma’lumotlarni kiritasiz.
To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 2.7 (2023-yil 20-aprel holatiga ko‘ra, 810000 so‘m) miqdoriga teng.
2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!