Parijdagi ko‘chalardan biriga Navalniy nomi beriladi

Parijdagi ko‘chalardan biriga Navalniy nomi beriladi

Rossiya elchixonasi joylashgan Parijning 16-okrugi deputatlari tumandagi ko‘chalardan biriga rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy nomini berish taklifini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda deputatlar 7 may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Marhum rossiyalik muxolifatchi nomi 16-tumandagi qaysi ko‘chaga berilishi haqida ma’lumot berilmagan. Dastlab senator Shantmes shohko‘chasiga siyosatchining nomini berishni taklif qilgan edi. Shantmes shohko‘chasi Rossiya diplomatik vakolatxonasi joylashgan Lan shohko‘chasi bilan kesishadi. Shu ikki shohko‘chaning bir chekkasida senator Navalniy xotirasiga badiiy ob’ekt o‘rnatish ham taklif qilingan.

Biroq taklifni tezroq qabul qilish uchun ovoz berishdan oldin uning matniga tuzatishlar kiritildi, — dedi deputatlardan biri Jyuli Boyo.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar Shantmes shohko‘chasining nomini o‘zgartirish g‘oyasidan voz kechmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!