“Hizbulloh” Isroil shimoliga 40 ta raketa uchirdi

“Hizbulloh” Isroil shimoliga 40 ta raketa uchirdi

Livanning “Hizbulloh” guruhi 27 iyun kuni Isroilga qariyb 40 ta raketa uchirdi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi.

Hujum oqibatida Isroilning Safed, Rosh Pinna va Yuqori Jaliladagi shaharlarida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangradi. Yahudiy davlatining mudofaa kuchlari uchirilgan raketalarning yarmi “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olinganini aytdi.

Raketa qismlari qulashi natijasida Sfat shahri yaqinida va Biriya o‘rmonida yong‘in kelib chiqqan. Shaharga bir qancha raketa parchalari ham qulagan. Sapyorlar hodisa joyiga jalb qilingan, aholidan xavfli predmetlarga yaqinlashmaslik so‘ralgan.

“Hizbulloh” hujumga Isroilning 26 iyun kuni Livanga bergan aviazarbalari va buning oqibatida “Hizbulloh” harbiy-havo kuchlari a’zosi Ahmad Ala ad-Din o‘ldirganini sabab qilib ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!