G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: Falastinliklar qurbonlari soni 37,9 mingga yaqinlashdi

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: Falastinliklar qurbonlari soni 37,9 mingga yaqinlashdi

Isroil qo‘shinlarining o‘tgan yilning oktyabr oyi boshidan buyon G‘azo sektorida olib borayotgan harbiy amaliyoti natijasida 37,9 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 87 mingga yaqin kishi jarohatlandi.

Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram'dagi kanalida shunday ma’lumotlarni e’lon qildi.

“O‘tgan yilning oktyabr oyi boshidan hozirgi kunga qadar 37 877 falastinlik G‘azoda Isroil tajovuzi qurboni bo‘ldi, yana 86 969 nafari yaralandi”, — deyiladi departament bayonotida.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil kuchlarining G‘azoning turli hududlarini bombardimon qilishlari va o‘qqa tutishi oqibatida 43 nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana 111 nafari yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!