7 davlat rahbariyati Livandagi fuqarolariga murojaat yo‘llab, mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

7 davlat rahbariyati Livandagi fuqarolariga murojaat yo‘llab, mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan keskinlik fonida 7 mamlakat rahbariyati Livanda bo‘lib turgan fuqarolariga murojaat yo‘llab, mamlakatdan imkon qadar tez chiqib ketishga chaqirgan. Bu haqda G‘arb nashrlariga tayanib, Anadolu'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Livan va Isroil o‘rtasida urush yuzaga kelishi ehtimoli sabab mamlakatlar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirgan. Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida Livanga bormaslik tavsiya qilingan.

Birinchi favqulodda xabarni Saudiya Arabistonining Bayrutdagi elchixonasi e’lon qilgan. Saudiya rasmiylari Livanda bo‘lgan fuqarolarini “zudlik bilan mamlakatdan chiqib ketish”ga chaqirgan. Favqulodda vaziyatlarda elchixona bilan aloqada bo‘lish zarurligi ta’kidlangan.

Avstraliya ham o‘z fuqarolariga xavfsizlik vaziyatining o‘ta beqarorligini ta’kidlab, Livanga sayohat qilmaslikni “qat’iy tavsiya qilgan”. Tashqi ishlar vaziri Penni Vong Livandagi avstraliyaliklarni tijoriy reyslar mavjud bo‘lganda zudlik bilan ortga qaytishga chaqirgan.

Shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Kanada, Shimoliy Makedoniya va Quvayt o‘z fuqarolariga favqulodda chaqiriqlar yuborgan. “Mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini hisobga olgan holda” imkon qadar tezroq Livandan ketish so‘ralgan.

Ko‘plab tahlilchilar G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar yakunlangach Isroil uchun keyingi mo‘ljal Livan bo‘lishini taxmin qilgan. Isroil harbiy qo‘mitasi Livan borasida maxsus harbiy reja ishlab chiqqani, chegara hududlarini mustahkamlash tadbirlari ketayotgani yangi urushdan dalolat ekani aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!