Ekologiya vaziri va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Ekologiya vaziri va yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

29- iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov bir qator ekofaol yoshlar bilan uchrashdi.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan uchrashuvda vazir tabiatga befarq bo‘lmagan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. Aziz Abduhakimov ishtirokchilarni “Yoshlar kuni” bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuv davomida yoshlar dolzarb ekologik masalalar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Xususan, turizm haftaligi, sanoat turizmini rivojlantirish va bunda yoshlarning o‘rnini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, yosh ekolog kadrlar zaxirasini yaratish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish va boshqa muhim masalalarga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Aziz Abduhakimov har bir ishtirokchining taklif va mulohazalari, albatta, inobatga olinishini ta’kidladi. Qolaversa, yoshlarda tabiatga g‘amxo‘rlik hissi ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab, buning uchun minnatdorlik bildirdi. Yakunda yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, yildan-yilga ekologiyani asrash borasida jon kuydirayotgan, ekologik mas’uliyatni his qilayotgan yoshlar soni ortib bormoqda. Xususan, o‘tgan yilda O‘zbekistonda ekologiya va turizm sohasiga oid tadbirlarda 2,5 millionga yaqin ekofaol yoshlar ishtirok etdi. Yil davomida respublika bo‘ylab tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan jami 800 000 nafarga yaqin ekofaollar va volontyorlar qatnashdi.

Bundan tashqari, Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo ovozi” tadbirida 5 ta mamlakatdan kelgan 60 ga yaqin eko-faollar Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish madaniyatini taraqqiy etish strategiyasini muhokama qilishdi. 4-oktyabrda esa Samarqand shahridagi Markaziy Osiyo yoshlari ekologik oromgohi doirasida 2000 nafarga yaqin talabalar ishtirokida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Samarqandda tashkil etilgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi — COP-28ga bag‘ishlangan “Dunyoni yanada yaxshilaymiz” Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohida 5 ta mamlakatdan kelgan 60 nafarekofaol yoshlar Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish madaniyatini rivojlantirish strategiyasini muhokama qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!