Toshkent tumanida zamonaviy ko‘rinishdagi 3 ta Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi

Toshkent tumanida zamonaviy ko‘rinishdagi 3 ta Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning kelajak avlodga alohida e’tibor va g‘amxo‘rligi tufayli bugun mamlakatda yoshlar siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari hukumat darajasida izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu ezgu amallarning quyi bo‘g‘in, mahallalar darajasida faol bajarilishi esa ertangi kun egalarining munosib sharoitlar bilan kamol topishi, kutilgan natijalarga erishishi yo‘lida muhim dasturil amal bo‘lib xizmat qiladi.
Xabaringiz bor, prezident topshirig‘iga binoan vazirliklar, hokimliklar va davlat tashkilotlari rahbarlariga hududlardagi sharoiti og‘ir, ko‘makka muhtoj yoshlar biriktirilib, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan edi. "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyatiga biriktirilgan bir guruh yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan turli muloqotlarda ular tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Yoshlar qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlar olib borilishi natijasida hech qancha vaqt o‘tmay takliflarning eng yiriklari ro‘yobga chiqdi.
Xususan, Toshkent tumanidagi 4-, 9 va 27-umumta’lim maktablari hududlarida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy sport maydonchasi, eng so‘nggi kompyuterlar va dasturiy ta’minot bilan jihozlangan IT xonalari hamda mo‘jazgina kutubxonalarni o‘zida jamlagan Yoshlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu albatta hudud aholisining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular imkoniyatlarini to‘laligicha ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
"Yoshlar kuni" munosabati bilan foydalanishga topshirilgan ushbu markazlarning ochilish marosimida ishtirok etgan Jamiyat rahbariyati, hokimlik mas’ullari, mahalla faollari, jamoatchilik hamda yoshlar vakillari bu imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, yangi markazlar kelajakda yosh chempionlar, salohiyatli yoshlar, IT sohasidagi ilg‘orlar, olimlar, yetuk va barkamol shaxslar yetishib chiqishida muhim manzil bo‘lishini ta’kidlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!