Germaniyadan qurol eksporti yilning birinchi yarmida 30 foizga oshdi

Germaniyadan qurol eksporti yilning birinchi yarmida 30 foizga oshdi

2024 yilning birinchi yarmida Germaniyadan qurol eksporti hajmi sezilarli darajada oshdi, shu jumladan Ukrainaga doimiy yetkazib berishni hisobga olgan holda.

Bu haqda DPA agentligi Germaniya Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, 1 yanvardan 18 iyungacha federal hukumat kamida 7,48 milliard yevrolik harbiy eksportga ruxsat bergan, uning uchdan ikki qismi (65 foiz yoki 4,88 milliard yevro) Ukrainaga yo‘naltirilgan.

2023 yilning birinchi yarmiga nisbatan bu ko‘rsatkichning o‘sishi 30 foizdan ortiqni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!