Vengriyadagi yirik farmasevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

Vengriyadagi yirik farmasevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "Egis" farmasevtika kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, tijorat direktori Chaba Pots bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Uchrashuvda "Egis" ("Egis Pharmaceuticals PLC") kompaniyasi O‘zbekiston bilan dori vositalari savdosi sohasida ancha faol hamkorlik qilayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston bozori strategik ahamiyatga ega ekani, mamlakatdagi ishtirokini oshirish kompaniyaning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Vengriya vakili korxona tarmog‘idan dori vositalarining ayrim turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar va farmasevtika sohasi talabalari uchun kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarida ish tajribasini o‘rganish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar almashinuvi, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun amaliyot dasturini tashkil etish hamda sohaga oid O‘zbekiston delegasiyasining tashrifini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!