Haqorat va zo‘ravonlik: hijobli ayolga nega hujum qilishdi?

Haqorat va zo‘ravonlik: hijobli ayolga nega hujum qilishdi?

Germaniya polisiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, radikallardan ekaniga shubhalanilgan kishi poytaxt Berlindagi metro bekatida hijobli ayolni haqoratlagan va unga jismoniy ziyon yetkazgan. Bu haqda azon.uz xabar berdi.

Germaniya polisiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yakshanba kuni Gravesvaldor metro bekatida 33 yoshli muslima ayolga tan jarohati yetkzilishidan oldin u qattiq haqorat qilingan.

Ayol hujum qilgan kishi radikallardan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Negaki, u qochib ketishidan oldin fashizimga xos iboralarni ishlatgan. Polisiya muslima ayolga kerakli muolajalar qilinganini ta’kidlaydi.

Oxirgi yillarda Germaniyada neo-nasist guruhlari va Islomga qarshi bo‘lgan nemis Badil partiyasi tomonidan tashkillashtirilgan zo‘ravonliklar ko‘payib bormoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada har kuni kamida 3 kishi radikallar, irqchilar va ksenofobiklardan birning hujumiga uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!