Hamshira: "Koronavirusga chalinganlarni davolashda yordam bermoqchiman. Bizni qabul qilishadimi?"

Hamshira: "Koronavirusga chalinganlarni davolashda yordam bermoqchiman. Bizni qabul qilishadimi?"

- Oilaviy poliklinikada ishlayman. «Covid19» kasallikka qarshi kurashish uchun yangi qurilayotgan shifoxonaga hamshira sifatida yordamga bormoqchiman. Bizni qabul qilishadimi? Kimga murojaat qilishimiz kerak?

 Nurmat Otabekov, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i:

Javob: Avvalo, katta rahmat, shunday tashabbus uchun. Birinchidan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilib, o‘z xohish-irodangizni ularga bildirishingiz kerak. Ro‘yxat shakllantirilmoqda. Agar birinchi marotaba sizdan foydalanishga ehtiyoj bo‘lmasa, zaxiraga olinasiz. Sizni keyingi tibbiy xodimlar brigadasiga qo‘shib yuborishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!