Kitob va mobil telefon o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi

Kitob va mobil telefon o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshiradi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari kitob va mobil telefon o‘zbekistonlik 15 yoshli maktab o‘quvchilarining akademik natijalariga qanday ta’sir qilishini ekonometrik tadqiqot asosida o‘rgandi.

O‘tkazilgan bir qancha xalqaro test natijalari o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilim darajasi nisbatan past ekanligini ko‘rsatgandi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan xalqaro PIRLS 2011 (Progress in International Reading Literacy Stud - turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajasi sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimi) testida mahalliy o‘quvchilar dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich (500) dan past natija (437) olgan. 2022-yilda O‘zbekiston maktablari 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA testida ilk marta ishtirok etgandi. Sinov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 81 ta mamlakat vakillari orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida eng oxiridan bitta oldingi o‘rinni (80-o‘rin) egalladi.

O‘quv resurslarining mavjudligi: PISA 2022 so‘rovnoma tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 yoshli o‘quvchilarning 90 foizdan ortig‘ining xonadonida kitob bor, biroq mobil telefoni bor o‘quvchilar ulushi bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq katta (qishloq joylarda 61 foiz, katta shaharlarda 88,4 foiz).

Tadqiqotda foydalanilgan usullarning natijalari uyda kitoblarning borligi 15 yoshli o‘quvchilarning akademik yutuqlarini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi:

- ballar matematika bo‘yicha 21,07 dan 29,41 gacha;

- o‘qish bo‘yicha 23,63 dan 33,67 gacha;

- tabiiy fanlar bo‘yicha 17,68 dan 29,81 gacha oshgan.

Shu bilan birga, mobil telefon egasi bo‘lish ham yuqoriroq ball olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin kitobning ta’siriga qaraganda ancha pastroq, ya’ni:

- ballar matematika bo‘yicha 5,344 dan 10,46 gacha;

- o‘qish bo‘yicha 4,837 dan 9,516 gacha;

- tabiiy fanlar bo‘yicha 3,438 dan 10,14 gacha oshadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!