Bayden nutqida adashib, o‘zini “qora tanli ayol” deb atadi

Bayden nutqida adashib, o‘zini “qora tanli ayol” deb atadi

AQSh prezidenti Jo Bayden radioga bergan intervyusida xato gapirib, o‘zini qora tanli ayol deb atadi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Radio boshlovchilari bilan suhbat chog‘ida u “qora tanli prezident bilan ishlagan birinchi qora tanli ayol” ekanligidan faxrlanishini aytgan. Siyosatchi Barak Obama ma’muriyati davrida vise-prezident sifatidagi faoliyatini nazarda tutgan.

Bayden saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Ammar Musa prezidentning nutqda adashishiga jiddiy e’tibor qaratgani uchun matbuotni tanqid qilgan. NYT’ning ta’kidlashicha, Baydenning mazkur intervyusi uning AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan keyin e’lon qilingan.

4 iyul kuni prezident demokrat-gubernatorlar bilan uchrashuvda unga ko‘proq uxlash va kamroq ishlash tavsiya etilganini aytgan. Prezident 20:00 dan keyin rasmiy ish tadbirlaridan qochishni rejalashtirganiga qaramay, gubernatorlarni poygada qolishga ishontirgan.

Baydenning aytishicha, uning Donald Tramp bilan bo‘lgan debatdagi muvaffaqiyatsizligiga xorijiy safarlardan keyingi charchoq sabab bo‘lgan. Biroq davlat rahbarining saylov shtabi dastlabki bahsdagi omadsizlikka tumov sabab bo‘lganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!