Germaniyada millatchi-harbiylar hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi

Germaniyada millatchi-harbiylar hukumatni egallab olmoqchi bo‘ldi

Germaniya harbiy kuchlarining elita bo‘linmalari safida xizmat qiluvchi bir necha harbiylar yashirin millatchi jamiyat tashkil qilib, hukumatni egallab olmoqchi bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda OAVlar.

Davlat to‘ntarishi uyushtirish maqsadida yashirin guruh a’zolari qurol-aslaha va yonilg‘i to‘plashgan. Belgilangan kunda ular o‘zlariga yoqmagan siyosatchilarni bir joyda jamlab ularni yo‘q qilishni rejalashtirishgan.

Ushbu siyosatchilarning to‘liq ro‘yxati ma’lum bo‘lmasada, ular orasida “Yashillar” partiyasi rahbari Klaudiya Rot, Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas va Germaniya sobiq prezidenti Yoaxim Gauk borligi xabar qilingan.

Undan tashqari, guruh a’zosi bo‘lgan Franko A. ismli bundesver askari o‘zi Germaniya fuqarosi bo‘lsada Migrasiya markazidan suriyalik qochqin hujjatini olgan. U kelajakda teraktlar amalga oshirib, ularni qochqinlarga to‘nkamoqchi bo‘lgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yashirin millatchi-harbiylarning barchasi xalqaro koalisiya tarkibida 1996 yilda Afrika va Afg‘onistonda xizmat qilgan. Shuningdek, Germaniya razvedka xizmatida ularning sherigi bo‘lib, guruhni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlab turgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!