G‘azo: vayronalar orasida iftor

G‘azo: vayronalar orasida iftor

Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumidan keyin vayronaga aylangan uylar orasida 650 falastinlik uchun iftor dasturxoni yozildi, deya xabar bermoqda Anadolu .

Iftor Buyuk Britaniyada joylashgan Al-xayr xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. Unga Isroil hujumida uylari buzilib ketgan falastinliklar taklif etildi. Al-xayr vakili Rajab Atalloh Ramazon oyida ularga oz bo‘lsa-da, ruhiy dalda berishni maqsad qilishganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil tomonidan 4-5 may kunlari G‘azo sektorida amalga oshirilgan hujumlarda 25 falastinlik halok bo‘ldi, 150 nafari yaralandi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!