Gaaga sudi Netanyaxuni hibsga olishga shoshilmayapti

Gaaga sudi Netanyaxuni hibsga olishga shoshilmayapti

Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order bermoqchi bo‘lgan sud prokurori Karim Xonning so‘rovi bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi.

Kechikish Britaniyaning aralashuvi tufayli yuzaga kelgan. Britaniya vakillari ICJga murojaat qilib, Isroilning G‘azo sektoridagi terrorchilarga qarshi kurashdagi harakatlarini qayta ko‘rib chiqish vakolatiga qarshi chiqdi.

ICJ o‘z pozisiyasini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan Britaniya va boshqa mamlakatlarga 12 iyulga qadar o‘z da’vosini bildirish uchun vaqt berdi. Balki bahs ochiq bo‘ladi, deb yozadi Jerusalem Post.

Isroil ICJ vakolatini tan olmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!