Fransiyada saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Fransiyada saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Fransiyada erta saylovlarning birinchi bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Liondagi fransuz namoyishchilari derazalarni sindirdi, polisiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi. Norozilar shahar markazida o‘t yoqmoqda.

Shuningdek, Parijdagi Respublika maydonida namoyishchilar tutunli bombalarni yoqib, saylovlarda yetakchilik qilayotgan Milliy miting partiyasiga qarshi norozilik bildirishdi.

Ayni damda birinchi turdan so‘ng Marin Le Penning o‘ta o‘ngchi «Milliy miting» partiyasi yetakchilik qilmoqda, «Yangi xalq fronti» chap qanot koalisiyasi ikkinchi, Emmanuel Makronning partiyasi esa uchinchi o‘rinda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!