Fransiya prezidenti bilan uchrashuvda oyog‘ini stol ustiga qo‘ygan Boris Jonson keskin tanqidlarga uchradi (video)

Fransiya prezidenti bilan uchrashuvda oyog‘ini stol ustiga qo‘ygan Boris Jonson keskin tanqidlarga uchradi (video)

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida oyog‘ini stol ustiga qo‘ydi, deb xabar beradiBusiness Insider.

Britaniya hukumati rahbarining ushbu harakati ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Xususan, Jonsonning biografi Sonya Pernell uning qilig‘ini «qo‘pol va uyatli» deb atadi. «Tasavvur qiling, Makron oyog‘ini Bukingem saroyidagi stolga qo‘ysa», — deb yozadi Pernell.

Sky News muxbirining yozishicha, bosh vazir bu orqali shunchaki hazillashgan. «Makron stoldan oyoq qo‘yish uchun ham foydalanish mumkinligini taklif qilgan, Jonson esa hazillashib, buni amalga oshirgan», deb yozadi muxbir.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!