Fransiya polisiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi (video)

Fransiya polisiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi  (video)

Hazil kuni Fransiya polisiyasi giyohvand moddalarini qidirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va kelgusida xizmat qilish uchun quyonlar tanlovini e’lon qildi.

Milliy polisiyada itlar xizmat qiladi. Biroq, bugun quyonlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz , - deyilgan Facebook polisiya akkauntida joylashtirilgan video rolikda.

Polisiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, quyonlarda hid bilish qobiliyati itlarga qaraganda 30 baravar kuchliroq. Marinett laqabli quyon aynan shu chemodanda narkotik moddalari borligini aniqladi.

Agar quyoningiz kerakli qobiliyatga ega deb hisoblasangiz, uning nomzodini bizga jo‘nating , - deb qo‘shimcha qildi polisiya zobiti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!