Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat parlamentiga saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini e’lon qildi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat parlamentiga saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini e’lon qildi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat parlamentiga saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘ng qanot “Milliy birlik” partiyasi 32,2 foiz ovoz bilan yetakchi, so‘l qanot “Yangi xalq fronti” 29,1 foiz bilan ikkinchi, Makronning markazchi kuchlar koalisiyasi esa 21,5 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Fransiya Milliy televideniyasining dastlabki natijalarga asoslanib qayd etishicha, Marin Le Penning “Milliy birlik” partiyasi parlamentda 240 tadan 270 tagacha o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Makron koalisiyasi Milliy assambleyada 60 tadan 90 tagacha o‘ringa ega chiqishi mumkin. Fransiya Milliy assambleyasidagi deputatlik mandatlarining umumiy soni 577 tani tashkil etadi.

Fransiya qonunchiligiga muvofiq eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki partiya saylovning ikkinchi turiga yo‘l oladi. Shuningdek, birinchi turda 12,5 foizdan ko‘proq ovoz olgan partiyalar ham saylovning ikkinchi turida ishtirok etishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!