Foto+video: Gulnora Karimova chuchvara pishirmoqda: u o‘z uyidami?

Foto+video: Gulnora Karimova chuchvara pishirmoqda: u o‘z uyidami?

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘z uyida degan tahminlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Qalampir nashri xabar bermoqda.

Ushbu taxminlarning kelib chiqishiga kecha, 19 fevral kuni Gulnoraning qizi Imon Karimovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan surat-videosi sabab bo‘lgan.

Avvaliga Imon Karimova Instagram dagi sahifasi tugilgan chuchvaralarning suratini joylashtiradi. Oradan ko‘p o‘tmay onasining qozonchaga chuchvaralarni solayotgani tasvirlangan video-suratni joylaydi va unga Oyim oshxonada bo‘lganda butunlay boshqacha bo‘ladi , deb yozadi. Keyinroq u qozonchada pishib turgan chuchvaralar suratini ham ilova qilgan.

Suratlarning davomiyligiga qaraganda, Karimova haqiqatan ham o‘z uyida, deb yozadi manba.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!