Firibgarga aldangan fuqarolar IIBga murojaat qildi

Firibgarga aldangan fuqarolar IIBga murojaat qildi

2021 yil 7 iyul kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 5 yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 2 bosh mollarni 31.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 2020 yil 1 avgust kuni berishini aytib, mollarni olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro 2020 yil 5 yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni ham ishonchiga kirib, 5 bosh mollarini 60.500.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 2020 yil 1 avgust kuni berishini aytib, mollarini olib ketib, boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!