Farg‘onadagi musobaqada sportchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi musobaqada sportchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati IIB viloyatda o‘tkazilgan musobaqada sportchilar o‘rtasidagi sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda yozilishicha, 14-fevral kuni Farg‘ona ixtisoslashtirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatida o‘tkazilayotgan sport musobaqasida 18 yoshli J.X., va 20 yoshli T.K. lar o‘zaro janjallashishgan. Buning oqibatida J.X. tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga murojaat qilgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, fuqaro J.X. bosh qismidan yengil tan jarohat olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda janjal kelib chiqishining sabablari o‘rganilib, tafsilotlari xabar qilinishi qo‘shimcha qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!