Farg‘onada maktab o‘quvchilarining janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Farg‘onada maktab o‘quvchilarining janjali pichoqbozlik bilan tugadi

2019 yil 10 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi A.A. Toshhovuz ko‘chasida Bog‘iatirgul ko‘chasida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi O.M. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlariga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, natijada A.A. va O.M.lar kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!