Farg‘onada fuqarolar ayol kishining tuzog‘iga ilindi

Farg‘onada fuqarolar ayol kishining tuzog‘iga ilindi

Farg‘ona shahri: 2021 yil noyabr oyida Quva tumanida yashovchi fuqaro M.R. (ayol) jami 5 nafar fuqarolarga o‘zini Farg‘ona davlat universiteti marketing bo‘limi xodimi deb tanishtirib, farzandlarini super kontrakt pullarini arzonlashtirib berishligini aytib, ulardan jami 45.000.000 va 500 AQSh dollori pullarini olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib pullarni o‘zini shaxsiy extiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!