Evropada koinotga sun’iy yo‘ldoshlarini uchiruvchi ilk davlat paydo bo‘ldi

Evropada koinotga sun’iy yo‘ldoshlarini uchiruvchi ilk davlat paydo bo‘ldi

Shvesiyaning Kiruna shahridagi «Esrange” kosmik bazasi Yevropada birinchi bo‘lib sun’iy yo‘ldoshlarni uchiradi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Shvesiyaning «Swedish Space Corporation – SSC” kompaniyasi Amerikaning «Firefly Aerospace” kosmik kompaniyasi va Koreyaning “Perigee Aerospace” kosmik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomalarini tuzgan.

“Biz butun dunyo bo‘ylab raketa kompaniyalari bilan savdo va mudofaa sohasida hamkorlik qilish uchun biznes modelimizga mos sheriklarni izlash uchun aloqadamiz. Endi jumboqning yakuniy qismi nihoyat o‘z joyida”, dedi Kirunadagi «SSC Esrange” kosmik bazasi rahbari Lennart Poromaa.

Shvesiya qiroli Karl XVI Gustav, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va hukumat vakillari ishtirok etgan «Esrange” kosmik bazasining ochilishi 2023 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Shvesiya kosmik korporasiyasining xabariga ko‘ra, koinotga parvozlar 2025–2026 yillarda boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!