Evroittifoq va AQSh to‘rt oyga o‘zaro boj olishni bekor qilishadi

Evroittifoq va AQSh to‘rt oyga o‘zaro boj olishni bekor qilishadi

 

 

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va AQSh prezidenti Jo Bayden rasmiy Bryussel va Vashington o‘rtasida Boeing va Airbus aviasiya kompaniyalariga beriladigan subsidiyalar atrofidagi ko‘p yillik mojaroni hal qilishga bel bog‘lashgan.

Evroittifoq hamda AQSh Boeing va Airbus atrofidagi ko‘p yillik mojaroni bartaraf etish uchun to‘rt oy muddatga barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilib turishga kelishib olishdi. «Bu qadam transatlantik munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yishni tamsil qiladi», deydi Evrokomissiya rahbari Ursula xonim 5 martda Jozef Bayden bilan bo‘lgan telefon muloqotidan so‘ng. Ikkala taraf ham savdo mojarosining hal etilishini sabrsizlik bilan kutishayotganini izhor qilishgan.  

 

Glad to speak to @POTUS @JoeBiden this afternoon.

As a fresh start for our 🇪🇺🇺🇸 partnership we agreed to suspend all tariffs related to the Airbus-Boeing disputes on aircraft & non-aircraft products for an initial period of 4 months. We also committed to solving these disputes.

— Ursula von der Leyen (@vonderleyen) March 5, 2021

Boeing va Airbus subsidiyasi atrofidagi YEI va AQSh o‘rtasidagi mojaro

Boeing va uning yevropalik raqobatchisi Airbus uchun beriladigan davlat yordami munozarasi 16 yildan beri davom etib keladi. Jahon savdo tashkiloti subsidiyalarning bir qismi har ikkala kompaniya uchun mumkin emas, deb tan olgan.

2018 yilda AQShning bir qator tovarlari uchun Yevropa solgan jarimalar oziq-ovqat mahsulotlari, Harley-Davidson jinsi va motosikllariga ham daxl qilgan. 2019 yilda Jahon savdo tashkiloti AQShga Yevropaning 7,5 milliard yevro miqdoridagi tovar va xizmatlariga boj joriy qilishini ma’qulladi. Bundan Airbus samolyotlari, vino, pishloq va zaytun moyi jabr ko‘rgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!