Ertaga xorijdan bir nechta vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytariladi

Ertaga xorijdan bir nechta vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytariladi

Ertaga, 28 may kuni tashkil etiladigan charter reyslar bilan tanishing.

Toshkent - Rostov-Don – Toshkent
Toshkent - Istanbul – Toshkent

❗️Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi. 

▪️Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi. 

? Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi. 

? O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!