Eronda prezidentlik saylovlari davomida 20 ta qo‘poruvchilik harakati va qator kiberhujumlarning oldi olindi

Eronda prezidentlik saylovlari davomida 20 ta qo‘poruvchilik harakati va qator kiberhujumlarning oldi olindi

Eron axborot va kommunikasiya texnologiyalari vaziri Iso Zarepur Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida kamida 20 ta qo‘poruvchilik harakati va ko‘plab kiberhujumlarning oldi olingani haqida xabar berdi.

ISNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Zarepur “dushman va uning mamlakat ichidagi agentlari” optik tolali aloqa liniyalarini uzib, saylov jarayonini buzishga ko‘p urinishganini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!