Eron: "Biz hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz"

Eron: "Biz hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz"

Tehron raketa sinovlari o‘tkazish uchun hech kimning ruxsatiga muhtoj emas. Bu haqda IRNA agentligiga bergan intervyusida Eron qurolli kuchlari rasmiy vakili general Abulfazl Shakarchi ma’lum qildi. 

"Agarda o‘z raketalarimizni sinovdan o‘tkazish kerak deb hisoblasak, buning uchun hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz. Sinovni o‘tkazamiz. Eron milliy manfaatlari raketa dasturini rivojlantirishni taqozo qiladi",  dedi Shakarchi.

U shuningdek, "Tehron o‘z raketa salohiyati haqida hech kimga ma’lumot berishga majbur emasligini", chunki Qo‘shma Shtatlar ham "o‘ziga berilgan barcha savollarga javob qaytarmasligini" aytdi.

1 dekabr kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Tehron BMT xavfsizlik kengashi rezolyusiyasiga zid ravishda ballistik raketa sinovini o‘tkazganini ma’lum qilgandi. Bunga javoban Shakarchi Eron o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun raketa sinovlarini o‘tkazishda davom etishini bildirdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!