Ekologik madaniyatimiz talab darajasidami?

Ekologik madaniyatimiz talab darajasidami?

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti, partiya faollari va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand shahrining Chuqur yo‘l ko‘chasidagi ahvol ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida mazkur hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan piyodalar yo‘lakchasini noqonuniy ravishda egallash, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, mevali daraxtlar tanasini asfalt va sement-beton qoplamasi bilan yopish singari holatlar kuzatildi.

Shuningdek, jamoatchilik nazorati davomida shaharning aksariyat aholi yashash maskanlarida belgilanmagan joyga maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash holatlari ham aniqlandi.

Mazkur holatlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar jalb qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!