Dunyoning ayrim shaharlarida haddan ziyod jazirama qayd etildi

Dunyoning ayrim shaharlarida haddan ziyod jazirama qayd etildi

Dunyoning 20 ta yirik poytaxtlarida - Jakartadan tortib Buenos-Ayresgacha bo‘lgan shaharlarda Selsiy bo‘yicha 35 darajali kunlar soni so‘nggi o‘ttiz yil ichida 52 foizga o‘sdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi yozib chiqdi.

300 milliondan ortiq odam dunyoning eng zich joylashgan shaharlarida istiqomat qiladi. Dehli, Dakka va Manila bu yil xavfli jazirama to‘lqinlari bilan to‘qnash kelmoqda, natijada bu hududlarda jazirama tufayli o‘lim holatlari kuzatildi, maktablar yopildi.

Meteorologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Dehlining o‘zida 74 yil ichida eng uzun va eng kuchli jazirama to‘lqini kuzatilib, joriy yilning 14 mayidan 21 iyunigacha maksimal harorat 40 darajadan yuqori bo‘lgan kunlar ketma-ket qayd etilgan.

Londonda joylashgan Xalqaro atrof-muhit va taraqqiyot instituti (IIED) dunyoning ba’zi yirik shahar markazlarida haddan tashqari issiqlik xavfi ortib borayotganini e’lon qildi.

Dunyoning ayrim shaharlarida haddan ziyod jazirama qayd etildi

– Bilamizki, issiq ob-havo shaharlarda bir tekisda sezilmaydi, -dedi IIED tadqiqotchisi Taker Landesman. – Ba’zi aholi maskanlari va chekka hududlarda haddan tashqari jazirama holatlari ehtimoli ko‘proq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!