Dunyodagi “ajoyibu g‘aroyib” qonunlar o‘ntaligi

Dunyodagi “ajoyibu g‘aroyib” qonunlar o‘ntaligi

1. Misr.
Saylovlarda ishtirok etish va biror nomzodga ovoz berish shart. Saylovda qatnashmaganlarni katta jarima va hatto qamoq jazosi kutadi.

2. Madagaskar.
Nega undayligini bilmadigu, homilador ayollarga shlyapa kiyish taqiqlangan.

3. Fransiya.
Aholi o‘zlarining qaramog‘idagi hayvonlarni, ayniqsa, cho‘chqalarni davlat rahbarlarining ismi bilan nomlashlari qat’iyan man etiladi.

4. Tailand.
Avtomobilni ko‘ylak kiymagan holda boshqarish mumkin emas. Jazirama issiq bo‘lishidan qat’iy nazar haydovchilar albatta ko‘ylakda bo‘lishlari shart.

5. Shveysariya.
Ko‘p qavatli uylarda qo‘shnilarining uyqusini buzmaslik uchun soat 22:00dan keyin hattoki hojatxona quvuridan suv oqizish taqiqlanadi.

6. Keniya va BAA.
Omma oldida haqoratli so‘zlar yoki axloqsiz imo-ishoralardan foydalanish, so‘kinish mumkin emas. Kim bu qonunga bo‘ysunmasa, bu uning qamoqxonada o‘tirishi yoki deportasiya qilinishga sabab bo‘ladi. (O‘zbekistonda ham shunday qonun bo‘lsa bormi-i?)

7. Sudan.
Ayollar faqat belgilanganidek kiyinishlari shart. Qonunga ko‘ra, ular faqat uzun ko‘ylak kiyishadi, sochlarini esa doim ro‘mol bilan to‘sib yurishadi.

8. Turkiya.
Milliy valyuta – liraga qandaydir zarar yetkazish, pulni qadrsizlash mumkin emas. Aks holda “jinoyatchi” uchun 6 oydan 3 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

9. Gresiya.
Ayollar, agar siz bu mamlakatning tarixiy majmualariga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, baland poshnali poyabzal kiya ko‘rmang. Chunki xarobalarga zarar yetkazishda ayblanishingiz va qattiq jazolanishingiz mumkin.

10. Italiya.
Uyida it boquvchi insonlar ularni kuniga kamida bir marta sayrga olib chiqishlari shart. Sayrga olib chiqilmagan har bir kun uchun it egasi 625 dollar jarimaga tortiladi.

Manba: fikrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!