Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

📊 JSST tomonidan 2022 yili bu borada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida e’lon qilindi.

📉 Qayd etilishicha, 2010-2022 yillar oralig‘ida kattalar o‘rtasida jismoniy faollik darajasi 5 foiz pasaygan. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030 yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.

📍Hozir bu borada eng murakkab vaziyat Osiyo-Tinch okeani mintaqalari (48 foiz) va Janubiy Osiyo (45 foiz)da kuzatilyapti.

📌 Jismoniy faollik susayishi ayollar orasida ko‘proq qayd etilmoqda. Qolaversa, 60 yoshdan oshganlar bu muammo bilan tez-tez ro‘baro‘ kelishyapti.

✅ Shunga qaramay, ijobiy natijalar ham bor. Tadqiqotda aniqlanishicha, keyingi o‘n yil ichida dunyo davlatlarining deyarli yarmi bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga ham erishgan.

🔎 Mazkur an’ana shunday davom etsa, 2030 yilga kelib, 22 mamlakat kamharakatlik darajasini 15 foizga qisqartirishga erisha oladi.

🏌🏻‍♂️Shundan kelib chiqib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shug‘ullanishni tavsiya qilmoqda. Yoki 75 daqiqalik kuchli jismoniy faollik ham buning o‘rnini bosa oladi.

🩺 Aks holda, kamharakatlik infarkt, insult, 2-tur qandli diabet, demans, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!