Donald Tramp Jamol Qoshiqchining o‘limi yuzasidan Ar-Riyod bergan bayonotning «ishonchga loyiq»ligini ta’kidladi

Donald Tramp Jamol Qoshiqchining o‘limi yuzasidan Ar-Riyod bergan bayonotning «ishonchga loyiq»ligini ta’kidladi

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalist Jamol Qoshiqchining Saudiyaning Istanbuldagi konsulxonasida o‘ldirilganligini tan olishiga munosabat bildirdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

U jurnalistning o‘ldirilishini «qabul qilib bo‘lmaydigan holat» deb atadi, biroq Ar-Riyodning izohini «ishonchga loyiq» ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni bosh prokurori Saud al-Muajib, jurnalist Jamol Qoshiqchi mamlakatning Istanbuldagi konsulxonasida yuz bergan janjal oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan 18 kishi hibsga olingan. Shuningdek, umumiy razvedka xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Axmed Asiri va qirollik devonxonasi maslahatchisi Saud al-Kaxtani o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Arizonadagi forumda chiqish qilgan Tramp Ar-Riyodning Qoshiqchining o‘limi yuzasidan izohini «yashi, katta qadam» deb atadi.

Tramp qirollikning qotillik yuzasidan gumondorlarni hibsga olganini ham «o‘ta muhim» deb ta’kidlagan.

Amerika prezidenti kongress bilan jurnalistning o‘limiga javob qaytarish masalasini ham o‘rganib chiqishni rejalashtirayotganini aytdi. Bunda u Saudiya Arabistoni bilan Amerika qurolini yetkazib berish bo‘yicha ko‘p milliardli shartnomaning bekor qilinmasligini ham ta’kidlagan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!