Dneprga zarba: to‘qqiz qavatli binoga raketa kelib tushdi, qurbonlar bor

Dneprga zarba: to‘qqiz qavatli binoga raketa kelib tushdi, qurbonlar bor

Rossiya raketasi yoki raketa parchalarining Dneprdagi turar-joy binosiga tushishi natijasida yaralanganlar va jarohatlanganlar soni 9 nafarga etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Bir kishi vafot etgan. Viloyat ma’muriyati rahbari Sergey Lisak jurnalistlarga yana ikki kishi aloqaga chiqmayotganini aytgan.

Ukraina nashrlari qutqaruv ishlari davomida to‘qqiz qavatli binoning bir qismi qulab tushganini yozmoqda.

Rossiya harbiylari Dneprga hujum haqida hali hech narsa e’lon qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!